RU | UZ | EN





 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Amaliyotdan so’nggi davr



Burun nafasi tiklanganidan so’ng bemorning ahvoli ancha engillashadi. Operatsiyadan keyin birinchi kunlar ichida bemor statsionar davo olishi lozim. Bemorning umumiy axvoli stabillashganidan so’ng va jaroxat sohasi qoniqarli holatga kelganida bemor davo olishni o’yida davom ettirsa ham bo’ladi. Amaliyotdan so’ng birinchi kunlarda bemor yotog’ining bosh tomonini balandroq holatda bo’lishi tavsiya qilinadi. Bundan tashqari butun reabilitatsiya davrda bemor o’yqu paytida bexosdan burunga shikast yetqazmasligi uchun tepa tomonga qarab yotishi tavsiya qilinadi. Jaroxatdan choklar odatda 2 xaftadan keyin olinadi. Bir necha oy davomida bemor jismoniy zo’riqishdan chetlatiladi.

Burun plastikasidan so’ng to’qimalarning to’liq tiklanishi 12 oygacha davom etishi mumkin.

Rinoplastikadan so’ng kuyidagi maslaxatlar foydali bo’lishi mumkin:

  1. Operatsiya bo’lgan sohaga bexosdan shikast yetkashni oldini olish uchun jismoniy faollikdan kamida 2 oy davomida voz kechish lozim.
  2. Suzish bilan 1 oy davomida shug’ullanish mumkin emas.
  3. Kamida 2 xafta davomida burunni qoqish mumkin emas.
  4. Chaynash qiyin bo’lgan ovqatdan voz kechish lozim. Yumshoq bo’lgan taomlarni iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
  5. Qattiq kulish mumkin emas.
  6. Ustki lab va burun pastki qismi o’zaro bog’langan bo’lgani tufayli tish tozalash paytida faol harakatlarni qilmaslik tavsiya qilinadi.
  7. Ustki kiyimni boshdan echilishi mumkin emas.
  8. Kamida 1 oy davomida qo’z oynak taqish tavsiya qilinmaydi.
  9. Quyosh nurlaridan yuz terisini kamida 3 oy davomida himoyalash lozim.
  10. Amaliyotdan 2 xafta oldin va keyin chekish mumkin emas.


Maslaxatlarga rioya qilish bemor uchun rinoplastika operatsiyadan keyingi davrni nisbatan yengil kechishiga yordam beradi.

E-Mail

Parol



Ro’yxatdan o’tish
Parol unutdingizmi?