RU | UZ | EN





 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Amaliyot o’tkazilishidan oldin bemor uchun qanday ma’lumot foydali bo’lishi mumkin



Bir qator klinik taxlillar va ba’zan instrumental tekshiruvlardan so’ng amaliyot o’tkazish masalasida bir qarorga kelish mumkin.

Amaliyotdan 2 xafta oldin chekish va spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan voz kechmoq lozim. Amaliyotdan so’ng bir hafta davomida burun gipsli bog’lamidan foydalanish kerak bo’ladi.

Burun plastikasi ko’pincha umumiy og’riqsizlantirish yani umumiy narkoz yordamida o’tkaziladi. Rinoplastika operatsiyasi odatda 2 soat atrofida davom etadi. Xar qanday jarroxlik amaliyot kabi rinoplastikadan so’ng asoratlar kelib chiqish extimoli xam holi emas.

Bemorlar ko’pincha chandiqlar qolishi haqida savol berishadi. Odatda chandiqlar tashqaridan ko’rinmas bo’ladi, faqat ochiq rinoplastikadan so’ng kolumellada kichik ko’ndalang chandiq qoladi.

Kelib chiqishi mumkin bo’lgan asoratlar:

  • Shishlar amaliyotdan keyin kuzatiladigan holat bo’lib, bir necha oy davomida saqlanadi va asta-sekin qaytib ketadi.
  • Operatsiyadan so’ng ko’zlar atrofidagi yumshoq to’qimalarning ko’k rangda bo’lishi (burun suyakli qismi korrektsiya qilinganida).
  • Amaliyotdan so’nggi chandiqlar burun qanotlari tagida qolgani uchun tashqaridan ko’rinmaydi.
  • Burun uchini sezuvchanligi kamayishi yoki yo’qolib ketishi vaqt utishi bilan normallashadi.
  • Qon ketishi (kam kuzatiladi).
  • Infektsion asoratlar (kam kuzatiladi).

E-Mail

Parol



Ro’yxatdan o’tish
Parol unutdingizmi?