RU | UZ | EN





 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Ko’krak plastikasi (mammoplastika)



Ko’krakni ko’tarish amaliyoti (mastopeksiya)

Bu plastik operatsiya nisbatan kichik hajmdagi ko’krakning turli darajada "pastga siljib qolishini" (yani ptozni) bartaraf etish maqsadida bajariladi. Mazkur amaliyot natijasida ortiqcha bo’lgan teri olinadi va ko’krak nisbatan yuqoriga ko’tariladi. Normada ko’krak so’rg’ichi va bez to’qimasi (yani parenximasi) ko’krak osti burmaning (KOB) yuqorisida joylashgan bo’ladi. Ko’krak so’rg’ichi KOBdan 5-7 sm balandroqda joylashgan bo’lishi estetik standartlarga mos keladi.

Ko’krak ptozining (pastga “osilib” qolishining) tasnifi (Regnault bo’yicha): ptoz darajasi ko’krak so’rg’ichining KOBga nisbatan belgilanadi va quyidagi variantlar farqlanadi:



Ptoz I darajasi - so’rg’ich KOBga nisbatan barobar joylashgan bo’lib, bez parenximasi uning ostida joylashgan.

Ptoz II darajasi – o’rtacha “osilib” qolishi: so’rg’ich KOBga nisbatan pastroqda, lekin hali ham parenximaning pastki qismidan balandroq joylashgan.

Ptoz III darajasi – jiddiy darajada “osilib” qolishi, so’rg’ich KOB ostida va ko’krak parenximasining pastki qismida joylashgan.

So’rg’ich atrofidagi zona (areola) - ko’krakning bir vaqtda ham estetik, hamda markaz bo’lib, ideal diametri esa, odatda, o’rtacha bo’yli ayollar uchun 40-45 mm tashkil etadi.


E-Mail

Parol



Ro’yxatdan o’tish
Parol unutdingizmi?