RU | UZ | EN





 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Yuzning plastik operatsiyasi (yuz tortilishi, face-lifting)



O’rta asrlarda, Leonardo da Vinchi, Durer kabi buyuk rassomlar birinchi bo’lib inson yuzi uchun estetik standartlarni belgilab chiqishga va ularni yuzning taxlil model sifatida qullashga muvaffaq bo’lishgan. Yuzning vertikal va gorizontal proyektsiyasining ideal nisbati matematik ifodasi 4:3 teng (da Vinchi). Shuningdek, yuzning uch mutanosib ravishda teng (yuqori, o’rta va pastki) qismlari belgilangan. Burun esa yuz arxitekturasida markaz deb hisoblangan.

Yosh o’tishi sayin, inson yumshoq to’qimalarining elastik xususiyatlari pasayishi natijasida tashqi ko’rinish ham o’zgaradi. Bu o’z navbatida qoshlarni "tushib qolishi", ko’zlar yonida "g’oz oyoqchalari" deb ataluvchi ajinlar, "qopchalar", lablarning burchaklari yonida "marionetka" chiziqlari kabi o’zgarishlar shakllanishi bilan namoyon bo’ladi.

Nisbatan yoshroq (35-40 yoshda) yuz uchun asosi yuqoriga qaragan uchburchakka yaqinlashgan shakl xos bo’ladi, katta yoshdagi (40 yoshdan keyin) yuzning shakli esa yumshoq to’qimalar yanada pastga siljishi natijasida vertikal yo’naltirilgan to’rtburchakni ko’proq eslatadigan shaklga yaqinlashadi.

E-Mail

Parol



Ro’yxatdan o’tish
Parol unutdingizmi?