RU | UZ | EN





 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Blefaroplastika turlari



Yuqori qovoqlarning plastikasi

Mazkur amaliyot o‘tkazilganda kesma tabiiy teri burmasi buylab bajariladi va shu tufayli operatshiyadan so’nggi chandiq odatda umuman bilinmaydi.

Ko’pincha bu amaliyot paytida plastika bilan birgalikda “yog’ churralari” ham bartaraf etiladi. “Osiyo” qovoqlarini plastikasi jarayoni paytida esa ba’zan “epikantus” deb nomlangan ko’z ichki buchgida joylashgan qushimcha teri burmasini ham plastik usulida bartaraf etish zarurati kelib chiqishi mumkin. Epikantoplastikaga doir bo‘lgan usullar ichida uchburchaksimon laxtaklarni o‘zaro siljitish texnikasi keng tarqalgan.

Pastki qovoqlarni plastikasi

Bu uslub bajarilganda terining kesmasi kipriklar usish chizig’iga nisbatan pastroq va parallel yunalishda utadi. Jarohat tikilganidan so’ng chandiq odatda bilinmas bulib qoladi. Mazkur amaliyot paytida ham “yog’ churralari” va teri qoplamining ortiqcha qismlari bartaraf etilishi lozim.

Aylana blefaroplastika deb tepa va pastki qovoqlar plastikasi bir paytda bajarilishi nazarda tutiladi, bu uslub yanada ko’proq yosharish samarasiga erishish imkoniyatini beradi.

Konjunktiva orqali bajariladigan pastki qovoqlar plastikasi

Mazkur amaliyotda kesma konjunktiva yuzasidan o‘tadi va jarroxdan xar bir bosqichda o’ta aniq harakatlarni amalga oshirilishi talab etiladi. Bu uslubda terida tashqi chandiq qolmasligi muxim bir ustunlik deb xisoblanadi. Klinik holatga asoslanib aytib utilgan usullar bir bosqichda ham bajarilishi mumkin. Albatta, avvalo bemorning istagi eng asosiy ahamiyatga ega. Toshkent shaxrida mazkur amaliyotlar bir qator klinikalarda yuqori darajada bajariladi.

E-Mail

Parol



Ro’yxatdan o’tish
Parol unutdingizmi?