RU | UZ | EN





 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Plastik jarroxlikning tarixi

"Plastikos" so’zi yunon tilida “shakllantirish”, lotinchada esa «plasticus» - “formas yaratuvchi” degan ma’noni anglatadi. Bu so’zlarda butun plastik jarroxlik amaliyotining mazmuni namoyon bo’ladi. Tibbiyot tarixiga nazar tashlaganimizda, uning davomida insonning tashqi ko’rinishini rekonstruktsiya, yani plastika qilish uchun o’rinishlar amalga oshirilmagan bir davr topa olmasak kerak.

Misrda (eramizdan 1600 yil avval) papirus ixtiro qilingan paytda plastik jarroxlik usullari haqida ko’plab ba’tafsil yozma ishlar yaratilgan. Qadimiy hindistonlik Susruta Samshita’ning traktatida eramizdan 600 yil avval burun va ko’z qovoqlarining plastik operatsiyari haqida aytib o’tilgan. So’ng, ko’p asrlar davomida burun plastikasi «hindiston» usuli nomi bilan tanilib qoladi.

Burni plastik operatsiya yordamida tiklangandan so’nggi hindistonlik cho’pon tasviri. «Gentleman’s Magazine» jurnalidan, 1794 г.


Eramizdan avvalgi V asrda yashagan qadimgi xitoylik jarrox Bian Tsyue, saqlanib qolgan hujjatlarga ko’ra o’z faoliyatida bajarib kelgan ko’z qovoqlari va quloq plastik operatsiyalarini tasvirlab bergan.

Eramizdan oldin 150-208 yillarda esa xitoy mashhur tabibi Xua Tuo, shuningdek, turli xil plastik jarroxlikka mansub o’z bayonnomalarini qoldirgan. Xitoy tabiblarining qo’lyozmalarida "qyon labi" va boshqa holatlarning plastik korrektsiyalarini o’tkazish haqida ma’lumot uchraydi. Buyuk Abu Ali Ibn Sino tomonidan yaratilgan kitoblarda ham qovoqlar plastik korrektsiyasining qo’rish faoliyati uchun foydali bo’lishi mumkinligi bo’rasida ma’lumot berilgan.

XVII asrga qadar, Hindiston jarrohligi Evropaning oldida ancha muvaffaqiyatliroq bo’lganligini yaqqol ko’rsa bo’ladi. Evropada esa, shu davrda mazkur operatsiyalarga mansub ayrimgina misollari ma’lumdir. VII asrda Iskandariyalik Paulos Aydzhinsky o’z amaliyotida erkaklarda ba’zan uchrab turadigan haddan tashqari katta bo’lgan ko’krakni plastik operatsiyasini ta’riflab bergan. Bu kasallik bugungi kunda gynekomastia deb ataladi va zamonaviy jarroxlik amaliyotida ham ko’krak hajmi o’xhash usulda kamaytiriladi.

1597 yilda italiyalik jarrox Gaspare Taglyakotstsi «De Curtorum Chirurgia per Insitionem», yani «Defektlarni jarroxlik biriktirish yordamida davolash» deb nomlangan kitobida burunni tiklash 6 bosqichtan tashkil topgan operativ usulini ta’riflab bergan. Mazkur uslub «Italiyalik» rinoplastika usuli nomini olgan holda bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Zamonaviy jarroxlar esa G. Taglyakotstsiga plastik jarroxlik asoschisi degan unvoni bilan taqdirlashadi. Italiyalik jarrox birinchi bo’lib lab plastika usulini ham yelka terisi yordamida bajarish texnikasini o’z kitobida tasvirlab bergan.

«Italyalik» burun plastikasining G. Taglyakotstsi’ning usuli.


1678 yilda frantsiyalik jarrox Ambroise Pare qovoqlar plastic usullarni ba’tafsil ta’rifini berib, shu bilan birga qovoq terisini ko’p olish mumkin emasligini ta’kidlab o’tadi. 1792 yilda esa venalik jarrox Joseph Beer mazkur plastik operatsiyasini o’z kitobida illustratsiyalar yordamida tasvirlab chiqadi. Nemis jarrox Carl Ferdinand von Graefe esa birinchi bor “blefaroplastika” iborasini plastik jarroxlik sohasiga kiritadi.

Zamonaviy plastik jarroxlik uchun esa asos XIX asrning boshida (antiseptik moddalar tarqalishi, tibbiyot va texnikaning rivojlanishi bilan birgalikda) paydo bo’ladi.


E-Mail

Parol



Ro’yxatdan o’tish
Parol unutdingizmi?